Savollarga javoblar

Antigistamin dori-vositalarining bir necha avlodi mavjud. Shu bilan birga shuni ham bilish kerakki, 50 yil avvalgi birinchi avlod antigistamin dori-vositalarini qabul qilishda aniq sedativ (bo’shashtiruvchi) ta’sir namoyon bo‘lgan va og‘iz va burun qurishi, siydik ushlanib qolishi, ich qotishi kabi nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. Ular juda qisqa vaqt davomida ta’sir qilgan va shu sababli kuniga 3-4 marotaba qabul qilish kerak bo‘lgan. Bundan tashqari, avvalgi antigistamin dori vositalarini qabul qilish ularga o‘rganib qolishga olib kelgan. Antigistamin dori-vositalarining yangi avlodi avvalgilardan yuqori samaradorligi va xavfsizligi, tez ta’sir qiluvchanligi, minimal nojo‘ya ta’sirlari va qabul qilishga qulayligi (kuniga 1 dona tabletka kifoya) bilan ajralib turadi. “Kusum Healthcare Pvt Ltd”ning L-Set dori –vositasi allergiyaga qarshi antigistaminli dori-vositalarning yangi avlod vakili hisoblanadi. L-Set dori-vositasining ta’sir ko‘rsatuvchi moddasi bo’lmish levotsitirizin 2001-yildagi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan ilmiy kashfiyot asosida yaratilgan. L-Set dori – vositasi tabletka ko’rinishida ishlab chiqariladi.

Ma’lumki, pollinoz va krapivnitsa (eshakyemi) bemorlarning mehnat qobiliyati va hayot sifatining keskin pasayishi bilan xarakterlanadi. Pollinoz bilan og’rigan bemor burun oqishi, burun bitishi, burun va ko’zlarning qichishi va aksa urishdan aziyat chekadi. Krapivnitsa (eshak yemi) bilan kasallangan bemorni tananing qichishi, qizib ketishi va teri toshmalari qiynaydi. Birinchidan, pollinoz va krapivnitsa (eshakyemi) belgilarini davolashda tasdiqlangan samaradorlik hisoblanadi. Ikkinchidan, L-Set ning antiallergik ta’siri juda tez boshlanadi – qabul qilinganidan keyin 12 minut o‘tgach (bemorlarning 50 foizida kuzatilgan). Uchinchidan, terapevtik dozalarda L-Set sedativ (bo‘shashtiruvchi) ta’sirga ega emas, bu faol hayot tarzi bilan shug‘ullanadigan odamlar uchun juda muhimdir. To’rtinchidan, Ukrainada o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarga ko’ra, L-Set yuqori xavfsizlik profili (ko’rsatgich)ga va minimal nojo‘ya ta’sirga ega. Bolalar uchun (olti yoshdan boshlab – tabletkalar shaklida) foydalanishga ruxsat beriladi va keksa bemorlar uchun dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi. Beshinchidan, L-Set qabul qilish uchun qulay – kuniga atigi 1 tabletka. Nihoyat, L-Set – hamyonbop narxdagi allergiyani davolash uchun zamonaviy va yuqori sifatli dori-vositasidir.

Allergiya – bu odatda og‘riqli holatlarni keltirib chiqarmaydigan ba’zi allergiya qo‘zg‘atuvchi moddalarga (masalan, gulchanglarga) nisbatan tananing patologik oshish reaksiyasidir. Immun tizimi ishining buzilishi ham allergiya kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Immun tizimi to‘satdan butunlay zararsiz omilga (masalan, gullaydigan o’simliklarning gulchanglari) xuddi xavf sifatida ta’sir bildirishni boshlaydi. Shu bilan birga, organizmda gulchangga qarshi ko’p miqdorda antitanalar ishlab chiqariladi. Qachonki antitana bilan allergiya qo‘zg‘ovchi aloqaga kirishganda organizmda biologik faol modda – gistaminning miqdori oshadi. Aynan gistamin burun bitishi, burundan ko ‘p miqdorda suyuqlik ajralib chiqishi, aksa urishlar, burun qichishi, ko‘zning qichishi, qizarishi va yoshlanishini keltirib chiqaradi. Antigistamin dori-vositalari gistamin ta’sirlarining paydo bo‘lishiga qarshi kurashadi. Pollinoz bilan kasallangan bemor antigistaminlarni qabul qilgan paytda pollinoz alomatlari kamayadi. Antigistamin qabul qilishni to’xtatishi bilanoq pollinoz alomatlari yana namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat, afsuski, tibbiyot allergiya sababini (allergiyaga olib keladigan immunitet tizimining buzilishi) aniqlay olmasa ham, faqatgina gistamin ta’sirini cheklash orqali bu buzilishning salbiy oqibatlarini kamaytirishi mumkin. Ba’zi odamlar allergiya mexanizmini bilmay turib antigistamin dori-vositalarini qabul qilishni to‘xtatib qo’yishadi (pollinoz alomatlarining yengillashganini his qilishadi va antigistamin dori-vositalarini qabul qilishni to’xtatib qo‘yishadi ). Bu noto‘g‘ri! Antigistamin dori-vositasini o‘simliklarning butun bir gullash davri mobaynida qabul qilish kerak. Masalan, iyul-sentyabr oylarida ambroziyaga o‘xshash xavfli yovvoyi o‘t gullaydi, shu sabab bu davr mobaynida antigistamin dori-vositasini qabul qilish kerak bo‘ladi.

Dori-vositasini qabul qilishdan avval yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish kerak yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. L-Set dori-vositasi tabletka shaklida beriladi. L-Set dori-vositasini kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 ta tabletkadan tavsiya qilinadi. Tabletkani ovqatlanishdan oldin yoki keyin kichik miqdordagi suv bilan ichiladi.

Leave a question

Your email address will not be published. Required fields are marked *