Gul changlari ta’siridagi allergiya

Agar odam har yili bir vaqtning o‘zida daraxtlar va o‘tlarning gullash davri boshlanishi bilan muntazam ravishda aksa urishni, ko‘zlari yoshlanishni, burun oqishni boshlaydi va shu sababli o‘zi bilan birga bir nechta ro‘molchalar olib yurishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda odam o‘zida pollinoz – o‘simlik gulchanglari ta’siridagi allergiya mavjudligini taxmin qilishi uchun barcha sabablarga ega.

Hozirgi vaqtda kattalar va yosh bolalardagi pollinoz – bu shahar aholisi orasida eng keng tarqalgan allergik kasallik hisoblanadi. Shu bilan birga bu kasallik yildan-yilga oshib bormoqda.

Ushbu turdagi allergiyaning paydo bo‘lishiga sabab nima? Pollinoz – (“bahorgi allergiya”) – bu shilliq qavatlarning (asosan burun va ko‘z shilliq qavatlari) allergik kasalligi bo‘lib, u daraxtlar, o‘tlar, butalar va qo‘ziqorin sporalarining gulchang allergenlariga sezgirlikning oshishi natijasida yuzaga keladi. Pollinoz lotincha “pollen” – “gulchang” so‘zidan olingan. Atrofimizdagi havoda mavjud bo‘lgan gulchanglar burun, ko’z va og‘izning shilliq pardalarida joylashadi, bronxlarga tushadi, teri bilan aloqaga kirishadi va gulchanglarga sezuvchanligi bor kishilarda immunitet tizimining noadekvat reaksiyasi sodir bo‘ladi va allergiya belgilari yuzaga keladi. Pollinoz keng tarqalgan kasallik bo‘lib, aholining 7%  dan 22% gacha bo‘lgan qismini qamrab oladi. So‘nggi paytlarda pollinozning “yosharishi” kuzatilmoqda. Hatto maktabgacha yoshdagi bolalar ham u bilan kasallana boshladilar.

Qaysi o‘simlik gulchanglari allergiyaga chaqiradi?

Qoida tariqasida, pollinoz shamol bilan changlanadigan o‘simliklarning gulchanglaridan kelib chiqadi, chunki bular taxminan 0,02-0,04 mm o‘lchamdagi juda kichik zarralar bo‘lib, shamol ularning nafas olish yo‘llariga kirib borishini osonlashtiradi. Allergik xususiyatlarga ega bo‘lgan gulchangli o‘simliklarning uchta asosiy gullash davri mavjud.

Oʻsimliklar guruhi Gullash davri Guruhga kiruvchilar
Daraxtlar aprel-may qayin, olxa, eman, terak, yong‘oq
Boshoqli oʻsimliklar, yaylov oʻtlari iyun-iyul javdar, bug‘doy, suli, arpa, bug‘doyiq, ajriqbosh)
Begona oʻtlar iyul-senytabr ambroziya, shuvoq, olabuta

O‘zbekistonning turli hududlarida pollinoz  kasalligining tarqalish ko‘lami bo‘yicha qandaydir farq bormi? Ha, bunday farqlar mavjud. Pollinoz kasalligining tarqalish ko‘lamiga antropogen omillar, ya’ni havo, suv, tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yirik sanoat hududlarida atrof-muhitning ifloslanishi o‘simliklarning gullash vaqtini uzaytiradi, gulchanglarning allergiya chaqiruvchilik xususiyatini oshirib, ularning antigen tuzilishini o‘zgarishiga olib keladi. Ammiak, xlor, ftor, sulfitlar, nitratlar, dizel yonilg‘i mahsulotlari, ko‘plab avtomobillar shinalaridan ajralib chiqadigan rezina chang (rezina zarralar) kabi sanoat chiqindilari pollinoz bilan kasallanishning kuchayishiga olib keladi. Ifloslangan gulchanglar yanada xavfliroq hisoblanib pollinoz bilan kasallanishga sabab bo‘lish ehtimoli yuqori ekanligi isbotlangan. Bundan tashqari, pollinoz kasalligining tarqalish ko‘lamiga O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi o‘simliklarning har xil tabiati ham ta’sir qiladi. Barchaga tanish bo‘lgan ambroziya nomli begona o‘tning gulchangi kuchli allergiya chaqiruvchi hisoblanadi. Ambroziyaning gullash davri iyul oyining oxirida – avgust oyining boshida boshlanadi va oktyabrgacha davom etadi. So‘nggi o‘n yilliklarda O‘zbekistonda ambroziyaning tarqalishi ekologik portlash xarakteriga ega bo‘ldi, shu munosabat bilan bu hodisa “ambroziya o‘lati” deb nomlandi. Bugungi kunda ambroziya Oʻzbekistonning 21 ta hududlarida oʻsadi. Zararlanishning umumiy maydoni, konservativ hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 million gektardan ortiq. Eng keng tarqalgan hududlar Kirovograd, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Donetsk va boshqa janubiy va sharqiy hududlar hisoblanadi. Qiziq jihati shundaki, ambroziya qishloq xo‘jalik ekinlari orasida nafaqat begona o‘t sifatida balki texnogen sanoat rayonlarida ham keng tarqalgan. Ya’ni  nafaqat deyarli barcha yo’llar bo’ylarida, balki zaharli shlakli chiqindilar, metallurgiya zavodlari, ko‘mir konlarining chiqindi uyumlari hududlarida ham uchraydi. So‘nggi paytlarda ambroziya tabiiy ekologik joylarda: dasht yon bag‘irlarida, Azov dengizining qumli past tepaliklari bo‘ylab, aholi punktlarida va hatto qo‘riqxonalarda ham tarqaldi.

Gul changlari ta’siridagi allergiyaning qanday belgilari mavjud:

Ushbu turdagi allergiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning belgilari har yili deyarli bir vaqtning o’zida paydo bo’ladi. Uning belgilari esa quyidagicha:

  • Burun bitishi, burundan ko‘p miqdorda suv oqishi;
  • Aksa urishlar, burun qichishi;
  • Ko‘zning qichishi va qizarishi va yoshlanishi;
  • Til va tanglayning qichishi;
  • Nafas olishda qiyinchilik (nafas qisilishi yoki bo’g’ilish);
  • Ko‘krak qafasidagi hushtaksimon xirillashlar, quruq yo‘tal.

Pollinozni davolash kerakmi yoki gullash davrining o‘tib ketishini “kutish” mumkinmi?

Pollinozni davolash zarur!  Bu xavfli kasallik bo‘lib, birinchi navbatda davolanmagan pollinoz rivojlana boradi. Bahorgi yoki ayniqsa, kuzgi kasallik (ya’ni, biror bir o‘simliklar guruhining changlanishi bilan bog‘liq) sifatida boshlangan pollinoz asta-sekin bahor-yoz-kuz kasalligiga aylanib bormoqda, ya’ni endi bemor deyarli yarim yil davomida ushbu kasallik bilan azob chekadi. Gul changlariga nisbatan allergiya allergik krapivnitsa (eshakyemi), Kvinke shishi, burun polipozi kabi kasalliklarning sababiga aylanishi mumkin. Pollinozga chalingan bemorlarning 30-40 foizida nafas qisish xurujlari paydo bo‘lmoqda, ya’ni amalda u bronxial astma bilan kasallangan bemorga aylanadi. Pollinozni ko‘p hollarda shamollash bilan adashtirishadi, bu esa ba’zan bemorlarning professional tibbiy yordamga murojaat qilishlarini ko‘p yillarga kechiktiradi. Shuning uchun, uzoq vaqt davomida burun bitishi yoki burun oqishi, ko‘zning tushunarsiz ravishda qichishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan har bir kishi bu holatga yechimni dorixonalardan emas, balki shifokorga murojaat qilib topishlari kerak. Ayniqsa, pollinoz davrida qon tomirlarini toraytiruvchi burun tomchilaridan haddan ortiq foydalanmaslik kerak, chunki ularni nazoratsiz ravishda qabul qilish burun shilliq qavatining sezilarli darajada qalinlashishiga olib keladi. Buning natijasida esa tomchilarga qaramlik so‘ngra doimiy burun bitishi yuzaga keladi.

Kattalar va yosh bolalardagi allergiyani qanday davolanadi? Pollinoz alomatlari yuzaga kelganda nima qilish kerak?

Albatta, shifokorga murojaat qilish kerak. Faqat shifokor kerakli tekshiruvni tayinlaydi, to‘g‘ri tashxis qo‘yadi va tegishli davolanish yo‘llarini belgilaydi. Hech qanday holatda o‘z-o‘zini davolash usullarini qo‘llash kerak emas! Pollinoz tashxisi qo‘yilganda, o‘simliklarning gullashi paytida bemorning gulchanglar bilan aloqasini maksimal darajada cheklashga qaratilgan bartaraf qiluvchi chora-tadbirlarga rioya qilish kerak, ayniqsa:

  • Xonani faqatgina yomg‘irdan keyin, kechqurun va shamol esmayotgan paytda shamollating. Iloji bo‘lsa, erta tongda ko‘chaga chiqmaslikka harakat qiling, narsalarni yuvgandan keyin ko‘chada (balkonda) quritmang, chunki ular ustiga gulchanglar o‘ Uyda har kuni namlantiruvchi tozalov ishlarini o‘tkazing.
  • Tashqariga chiqqanda ko‘z shilliq qavatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri gulchang tushishidan himoyalanish uchun albatta ko‘zoynak taqing.
  • Turli o‘tlar bilan davolanishdan va umuman olganda, ekstraktlar yoki o‘simlik komponentlarini o‘z ichiga olgan barcha narsalar (shampunlar, kremlar) va dori-darmonlardan ham ehtiyot bo‘ling.
  • Parhez saqlang! Pollinozga chalingan o‘n kishidan to‘qqiztasi ma’lum bir oziq-ovqat turlariga nisbatan allergiyaga ega. Bu kesishuvchi allergiya paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
  • May oyida, daraxtlar gullagan paytda yong‘oq (ayniqsa funduk), asal, sabzi, pomidorlardan voz kechishga harakat qiling va konyak ichmang (chunki uni emanli idishlarda saqlashadi).
  • Iyun-iyul oylarida boshoqli va yaylov o‘tlari gullagan paytda ratsiondan bo‘tqa (grechkali bo‘tqa bundan mustasno), non, asalni chiqarib tashlash, bug‘doyli aroqni ichmaslik kerak.
  • Quruq, issiq kunlarda, havoda gulchanglar miqdori ko‘paygan vaqtda, ko‘chadan qaytayotgandan keyin kiyimlarni butunlay almashtirish tavsiya etiladi.
  • Kuniga kamida ikki marta va ko‘chadan qaytgandan so‘ng darhol yuvinish kerak.
  • Har kuni burun bo‘shlig‘ini yuvib tozalang, natriy xloridning sho’r eritmasi (bir stakan iliq qaynatilgan suvga 1/3 choy qoshiq osh tuzi solib tayyorlanadi) bilan ko‘zingizni chaying va tomog‘ingizni g‘arg‘ara qiling.
  • Narsalarni yuvgandan keyin ularni tashqarida quritmang.
  • Avgust-sentyabr oylarida kungaboqar va undan tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek, asal iste’mol qilishdan bosh tortish kerak.
  • Agar inson yoz fasli issiq o‘tadigan sanoat shahrida yashasa, u holda eng yaxshi ish o‘simliklarning  gullash davrida shahardan ekologik toza hududga ketishdir.