Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya

Ushbu turdagi allergiyaning rivojlanish asoslarida  haligacha to‘liq tavsiflanmagan immunologik mexanizmlar turadi. Epidemiologik tadqiqotlarga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlardagi haqiqiy oziq-ovqat allergiyasining tarqalishi 1 yoshdagi bolalarda 6-8%, o‘smirlarda 2-4%, kattalarda 1,5% ni tashkil qiladi. Ota-onasidan bir allergiyaga chalingan bolada allergiyaning rivojlanish xavfi ota-onasi allergiyaga chalinmagan boladan ko’ra 2 barobar ko‘p hisoblanadi. Agar ota-onaning ikkisi ham allergiya bilan og‘risa, boladagi allergiyaga chalinish xavfi yana 2 barobarga oshadi va bu xavf 4 barobarga aylanadi. Biroq bola uchun allergiya qo‘zg‘atuvchi bo‘lgan vositalar ota-onasidagi allergiya qo‘zg‘atuvchilardan farq qilishi mumkin.

Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiyani qanday davolash kerak ?

Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan nojo‘ya ta’sirlarning turlari

90% foiz bolalarda oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya rivojlanishining eng keng tarqalgan va kuchli allergiya qo‘zg‘atuvchi sabab  bu sigir suti hisoblanadi. Sigir sutiga allergiya odatda 1 yoshdagi bolalarda, qoida tariqasida, ularni quruq sut aralashmalari bilan sun’iy oziqlantirishga o‘tkazilgandan keyin rivojlanadi. Baliq oqsillari ikkinchi eng muhim allergiya qo‘zg‘atuvchi hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, oziq-ovqatga allergiyasi bor bolalarning deyarli barchasi (98%) baliq iste’moliga nisbatan allergik reaksiyalarni boshdan kechirgan. 10% odamlarda baliqning ayrim navlariga nisbatan nojo‘ya ta’sir kuzatilgan. Ikra, krevetkalar, qisqichbaqalar, omar, chig‘anoq va boshqa mollyuskalarga nisbatan ham allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Aniqlanishicha, baliqlarga nisbatan sezgirlik (sezuvchanlik) darajasi yoshga qarab kamaymaydi va kattalarda saqlanib qoladi. Allergik reaksiyalar bilan og‘riydigan bolalarning 87,2 foizida allergiyani tuxum oqi chaqiradi. Bunday holda, tuxum oqiga nisbatan nojo‘ya ta’sir ko’pincha tovuq go‘shti va tovuqli sho’rvaga nisbatan hosil bo’ladigan nojo’ya ta’sir bilan mos keladi. Tuxum sarig‘idagi allergiya qo‘zg‘ovchi xususiyat tuxum oqidagiga nisbatan kam ekanligi aniqlangan. Donli ekinlardan javdar va bug‘doy ko‘proq allergiya qo‘zg‘ovchi hisoblanadi. Aniq ko‘rsatilgan allergiya qo‘zg‘ovchilarga turli xil sabzavotlar, mevalar va rezavor mevalar kiradi. Tayyorlash jarayonida achitqilardan foydalanilgan mahsulotlar: kefir, oshirma xamirdan tayyorlangan pishiriqlar, kvas va boshqalarni iste’mol qiladigan bolalarning 22 foizida allergik reaksiyalar kuzatilgan. Bur turdagi allergiyadan saqlanish uchun ratsiondan ba’zi pishloq turlari, ziravorlar, sirka, boyitilgan sut, kefir, solodli sutli ichimliklar, yogurt, bug‘doy noni, javdar, krekerlar, tuzlangan karam, pomidor sousi, quritilgan mevalar, pivo, pivo achitqisi, kolbasa, nonushtaga cho‘chqa go‘shti shuningdek, bir nechta dori-vositalari –  B guruhi vitaminlar va  zamburug‘dan tayyorlangan antibiotiklar (penitsilin, linkomitsin, tetratsiklin)ni  chiqarish kerak bo‘ladi.

Umuman olganda, allergiya qo‘zg‘atuvchan faollik darajasiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini uchta guruhga bo‘lish mumkin:

  • Yuqori: sigir suti, baliq, tuxum, sitruslar, yong‘oqlar, asal, qo‘ziqorinlar, tovuq go‘shti, qulupnay, malina, yovvoyi qulupnay, аnanas, qovun, xurmo, anor, qora qorag‘at, maymunjon, shokolad, qahva, kakao, xantal (gorchitsa), pomidorlar, sabzi, qizilcha, selderey, bug‘doy, javdar, uzum va boshqalar.
  • O‘rta: shaftolilar, o‘riklar, qizil qorag‘at, klyukva, guruch, makkajo‘xori, grechka, yashil qalampir, kartoshka, no‘xat, cho‘chqa go‘shti, kurka go‘shti, quyon go‘shti va boshqalar.
  • Kuchsiz qo’zg’atuvchilar: qovoqcha, pattison (gulcha qovoq), sholg‘om, qovoq (och rangli), shirin va nordon olma, banan, bodom, oq qorag‘at, Bektoshi uzumi (krijovnik), olxo‘ri, qora olxo‘ri, tarvuz, salat, ot go‘shti, qo‘y go‘shti va boshqalar.

Ba’zida allergik reaksiyalarni oziq-ovqat mahsulotlarining o‘zi emas, balki ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar: rang beruvchi moddalar, xushbo‘y moddalar, emulsifikatorlar yoki konservantlar chaqiradi. Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiyasi bo‘lgan ko‘pchilik odamlar nafaqat oziq-ovqat, balki boshqa allergiya qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan ham reaksiyaga ega, shu tufayli, oxirgi vaqtlarda shifokorlar oziq-ovqat va nooziq-ovqat allergiya qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasidagi kesishuvchi reaksiyalarning rivojlanishiga katta ahamiyat berishdi. Masalan, agar kimdadir krevetkalarga nisbatan allergik reaksiya bo‘lsa, analiz natijalari katta ehtimol bilan uning nafaqat krevetkalarga, balki  krablar, lobsterlar va qisqichbaqalarga ham allergik reaksiyasi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Kesishuvchi reaksiyalarning yana bir qiziqarli misoli shuki, gulchang va turli yunglar sifatida allergiya qo‘zg‘atuvchilarning o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqdir (jadvalga qarang). Masalan, gulchangga nisbatan allergiyasi bor 10 ta odamdan 9 tasida oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan ham allergiya kuzatiladi. Tutashma reaksiya chaqiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari va allergiya qozgatuvchilar

Gulchang va maishiy allergiya qozgatuvchilar Oziq-ovqat mahsulotlari
Daraxtlarning gulchangiga allergiya
Yong‘oqlar; daraxt va butalarda o‘suvchi mevalar; sabzi, kashnich, selderey
Boshoqli o‘tlarning gulchangiga allergiya Non, kvas (nonli), unli mahsulotlar, gerkules suli yormasi, qahva, kakao, dudlangan kolbasa
Yovvoyi o’tlar gulchangiga allergiya Qovun, pista, holva, kungaboqar yog‘i, mayonez, tarvuz, qovoqcha, baqlajon, xantal
Zamburug’-mikroorganizmlarga allergiya Achitqili хamir, tuzlangan karam, pivo, kvas, pishloq, sharob, likyor, shakar, fruktoza, kefir
Uy changlaridagi mayda hasharotlarga nisbatan allergiya Dengiz mahsulotlari: mollyuskalar, krablar, krevetkalar, chig‘anoqlar, qisqichbaqalar, lobsterlar
Uy hayvonlariga nisbatan allergiya Cho‘chqa go‘shti

Kesishuvchi reaksiyalarning mumkin bo‘lgan variantlarini bilish oxir-oqibatda to‘g‘ri ovqatlanishni amalga oshirishga yordam beradi va shu bilan allergiya rivojlanishidan saqlanishga ko‘maklashadi.

Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiyaning belgilari

Tashqi tomondan, ushbu turdagi allergiyaning belgilari har xil holatda namoyon bo‘ladi. Ovqatlanishdan keyin bir necha daqiqadan so’ng, odamda: ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, ich ketishi, terining qichishi, butun tana bo’ylab ko‘p toshmalar toshishi, lablarning shishishi kuzatiladi.  Bolalarda oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiya ko‘pincha diatez sifatida namoyon bo’ladi.