Image

L-Set®

Allergiyaga qarshi zamonaviy hamda antigistaminli yangi avlod dori vositasi

 

O‘z isbotiga ega yuqori samaradorlik
Tez ta’sir qilish xususiyati
Minimal darajadagi sedativlik xususiyati
Yuqori darajali xavfsizlik ko‘rsatkichi
Kuniga bor yo‘g‘i bir dona tabletka
Hamyonbop narx

L-SЕT dori vositasidan qachon foydalaniladi?

Allergik tumovni simptomatik davolashda
Ko‘p yillik allergik tumovni davolashda
Surunkali idiopatik eshak yemi kasalligida
Allergy

O‘simliklarning gullashiga allergiya

 

Ushbu turdagi allergiyaning (gul changiga) xususiyati shundaki, uning belgilari har yili deyarli bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladi.

Gul changiga allergiyaning (pollinoz) belgilari:

  • Burun bitishi, burun oqishi, burun qichishi;
  • Aksa urishlar;
  • Ko‘zning qichishi, qizarishi va yoshlanishi;
  • Tanglay va tilning qichishi;
  • Nafas olishdagi qiyinchilik (nafas qisilishi yoki bo‘g‘ilish);
  • Ko‘krak qafasidagi hushtaksimon xirillashlar, quruq yo‘tal.
Allergy

Chang va yungga allergiya

 

Ushbu turdagi allergiyani har qanday predmetlar chaqirishi mumkin. Masalan: gilamlar, yostiqlar, adyollar, matraslar, kitoblardagi changlar. Shuningdek, uy hayvonlarining yunglari ham sabab bo‘lishi mumkin.

Chang va yungga allergiyaning belgilari:

  • Burun bitishi, tez-tez aksa urish, tumov;
  • Ko‘zlar qichishi, qizarishi va yoshlanishi;
  • Nafas qisilishi, nafas olishdagi qiyinchilik, bo‘g‘ilish;
  • O‘pkadagi hushtaksimon xirillashlar, yo‘talishga bo‘lgan urinishlar.
Allergy

Oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya

 

Tashqi tomondan olib qaraganda, oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergiyalar turli yo‘llar bilan o‘zini namoyon qilishi mumkin. Odamda alomatlar ovqatlanishdan bir necha daqiqa o‘tgach, paydo bo‘lishi mumkin.

Ushbu turdagi allergiyaning belgilari:

  • Ko‘ngil aynishi, qayt qilish;
  • Qorin og‘rig‘i, diareya;
  • Terining qichishi, butun tana bo‘ylab ko‘p miqdorda toshmalar paydo bo‘lishi, lablar shishishi;
  • Diatez (bolalarda kuzatiladi).

L-SET dori vositasi qanday qabul qilinadi?

Kattalar uchun

Tabletkalar: Dori vositasi kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun kuniga 1 marta 5 mg (1 dona tabletka) miqdordagi sutkalik dozada tavsiya qilinadi. Tabletka ovqatdan avval yoki keyin qabul qilinadi. Tabletkani oz miqdordagi suv bilan butun holicha ichiladi.

Bolalar uchun

Tabletkalar: 6 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 marta 5 mg (1 dona tabletka) dozada ichish tavsiya qilinadi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun allergiyaga qarshi tabletkalar tavsiya qilinmaydi.

Levotsetirizin – gistaminning raqobatchi antagonistlari guruhiga kiruvchi setirizinning faol barqaror R-enantiomeridir. Uning farmakologik ta’siri N1-gistamin retseptorlarini blokirovka qilish bilan bog‘liq. Levotsetirizindagi N1-gistamin retseptorlariga o‘xshashlik xususiyati setirizinga qaraganda 2 baravar yuqori hisoblanadi. Allergik reaksiyalar rivojlanishining gistaminga bog’liq bosqichiga ta’sir qiladi, qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini va eozinofillarning migratsiyasini kamaytiradi shuningdek, yallig‘lanish vositachilarining chiqarilishini cheklaydi.

Allergik reaksiyalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi hamda ular qo‘zg‘alganda jarayonni yengillashtiradi, antieksudativ, qichishishga va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta’sir ko‘rsatmaydi. Allergiyaga qarshi beriladigan dorilarning terapevtik dozasi deyarli sedativ (bo’shashtiruvchi) ta’sirni paydo qilmaydi.