Foydalanuvchilar uchun ma’lumot

«Kusum Healthcare Pvt Ltd.» kompaniyasi (Hindiston)

FOYDALANUVCHILAR UCHUN MA’LUMOT

Saytdan foydalanishdan oldin quyidagi shartlarni diqqat bilan o‘qib chiqing. Bu bilan biz «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» kompaniyasi biror-bir sababga ko‘ra va avvaldan ogohlantirmasdan istalgan vaqtda mazkur shartlarga o‘zgartirish kiritish yoki to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega ekanligiga Sizning e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Ushbu o‘zgarishlar saytda e’lon qilinishi bilanoq kuchga kiradi. Agar Siz o‘zgarishlar e’lon qilingandan keyin ham saytdan foydalanishni davom ettirayotgan bo‘lsangiz, bu Siz o‘zgarishlarni qabul qilganingizni anglatadi.

1. SHARTLAR

Bu Internet-sayt (keyingi o‘rinlarda «Sayt»)ga kirish, erkin ko‘rish va undan foydalanish quyidagi shartlar, muddatlar va amaldagi huquqiy me’yorlarga binoan amalga oshiriladi. Saytni ko‘rayotgan vaqtingizda Siz uchun kirish va turli ma’lumot, hujjat va xizmatlar (keyingi o‘rinlarda «Materiallar»)dan foydalanish «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» tomonidan taqdim etilayotganiga ishonch hosil qiling, bular mazkur hujjat («Shartlar»)da bayon qilingan shartlarga ham taalluqlidir. Saytga kirishingiz va undan foydalanishingiz Sizning barcha shartlar, muddatlar va amaldagi huquqiy me’yorlarga cheklovlarsiz rozi ekanligingizni tasdiqlaydi. Agar Siz shartlar, muddatlar va amaldagi huquqiy me’yorlarga rozi bo‘lmasangiz, u holda Saytdan foydalanmasligingiz mumkin.

2. MUALLIFLIK HUQUQI, SAVDO MARKASI VA MULK HUQUQI.

Mazkur Sayt mulk hisoblanadi va «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» tomonidan tartibga solinadi. Ushbu Internet-Saytda taqdim etilgan materiallar, boshqa usulda ifodalanganlarni istisno qilgan tarzda, intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun bilan himoyalangan. Shuning uchun ushbu Saytdan ko‘chirilgan yoki boshqa usulda yuklab olingan barcha Materiallar tijorat maqsadlarida ishlatilishi mumkin emas, bu bilan barcha mualliflik va mulk huquqlarining himoyasi ta’minlanadi. Ijtimoiy va tijorat maqsadlarida foydalanish uchun bu Saytning tasvir, matn, grafik, video va hokazolardan iborat biror ma’lumotini ko‘chirish, qo‘yish, chop etish, joylashtirish, uzatish va tarqatish qat’iy taqiqlanadi. Amaldagi yoki ko‘zda tutilgan hech qanday litsenziya yoki huquq hech bir insonga bu yerda taqdim etilgan huquqlardan tashqari intellektual mulkka bo‘lgan huquqni bermaydi. Materiallarni boshqa maqsadlarda o‘zgartirish yoki ulardan foydalanish «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» mualliflik huquqlarini hamda boshqa mulk huquqlarini buzgan hisoblanadi. «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» Siz foydalangan material «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» mulki yoki filiali bo‘lmagan uchinchi tomon huquqlarini buzmasligiga kafolat bermaydi.

3. TASVIRLAR/OBRAZLARDAN FOYDALANISH

Mazkur Internet-saytda taqdim etilgan odamlar hamda joylar tasviri mulk hisoblanadi va ulardan «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» ruxsati bilan foydalaniladi. Bu tasvirlardan Siz yoki Siz vakolat bergan boshqa har qanday shaxs foydalanishi ta’qiqlanadi, mazkur Kelishuv Shartlarida ko‘rsatilgan yoki ushbu Saytda taqdim etilgan maxsus ruxsatnoma bundan mustasno. Tasvirlardan ruxsatsiz foydalanish mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunni, savdo markasi to‘g‘risidagi qonunni, shaxsiy hayot daxlsizligi va oshkoralik to‘g‘risidagi qonunni, aloqa vositalari haqidagi me’yor va nizomlarni buzishi mumkin.

4. MA’LUMOTNING ANIQLIGI

«Kusum Healthcare Pvt Ltd.» Materiallarning aniqligiga kafolat bermaydi va javobgarlikni zimmasiga olmaydi. «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» Materiallarda yo‘l qo‘yilgan qandaydir xato yoki yanglishliklar uchun javobgar emas.

5. HAVOLALAR VA UCHINCHI TOMON BILAN ALOQA

Mazkur Internet-sayt Sizga ushbu Saytdan foydalanish va boshqalariga kirish imkonini beruvchi giperhavola yoki boshqa aloqa vositalariga ega bo‘lishi mumkin. «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» havolalar ushbu Sayt bilan bog‘liq internet-saytlarda taqdim etilgan mazmun uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Shuningdek, «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» ushbu Internet-saytga kirish va undan foydalanish natijasida yetishi mumkin bo‘lgan har qanday zarar/ziyon uchun javobgar emas. Havolalar mazkur Sayt tomonidan taqdim etilgan internet-saytlar «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» nazorati ostida emas. Havola mazkur Sayt tomonidan taqdim etilgan boshqa har qanday internet-saytga kirish faqat foydalanuvchi tomonidan xatar hisoblanadi. Bundan tashqari, havolalar taqdim etilgan qandaydir material, mazmun, ma’lumot yoki internet-saytga egalik qilishga nisbatan mazkur Sayt va boshqa internet-saytlar o‘rtasida mavjud havolalar «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» tomonidan ma’qullanmagan va ma’qullanmaydi ham; bunday havolalar «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» va Internet-saytlar egalari o‘rtasida havolalar taqdim etilgan qandaydir munosabat yoki tasdiqlashlarni nazarda tutmaydi. «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» har qanday uchinchi tomonni na ma’qullash, na tekshirish niyatida emasligini tan olyapsiz. Havolalar «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» homiy yoki filial, yoki uchinchi tomon bilan aloqada ekanligini, shunday uchinchi tomon orqali tasvirlangan yoki kirish mumkin bo‘lgan har qanday savdo markasi, xizmat ko‘rsatish markasi, dizayn, logotip, simvol yoki boshqa mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan foydalanishga yuridik jihatdan vakolatli ekanligini nazarda tutmaydi. «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» havolaga aloqador har qanday uchinchi tomon uchun javobgarlik va majburiyatlarni zimmasiga olmaydi.

6. FOYDALANUVCHI BO‘YSUNISHI MAXFIYLIGINING MAVJUD EMASLIGI

Siz ushbu Saytga elektron pochta orqali yoki boshqa yo‘l bilan uzatadigan har qanday aloqa va materiallar, shu jumladan, lekin cheklanmagan holda, har qanday ma’lumotlar, sharhlar, savollar, takliflar yoki shunga o‘xshashlar, maxfiy va mulkiy bo‘lmagan deb hisoblanadi, quyidagi “maʼlumotlarni i”da ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. “Kusum Healthcare Pvt Ltd.. Siz har qanday maqsadda yuborgan yoki taklif qilgan barcha ma’lumotlarni, jumladan, cheklovsiz ravishda, uzatish, nashr etish, oshkor qilish, nusxa ko‘chirish va yozishmalarni yuborish uchun foydalanish huquqiga ega. Bundan tashqari, Kusum Healthcare Pvt Ltd. siz tomondan Saytga turli maqsadlarda yuborilgan qandaydir ma’lumot, konsepsiya, g‘oya, nou-xau va har qanday materiallar va aloqa vositalarining boshqa shunga o‘xshash usullaridan, Kusum Healthcare Pvt Ltd. dori-vositalarini qayta ishlash, ishlab chiqarish, reklama qilish uchun bepul foydalanish huquqiga ega va shu bilan siz ushbu uzatilgan xabarlar va materiallarga nisbatan barcha huquqlaringizdan voz kechasiz.

7. MAXFIYLIK SIYOSATI

“Kusum Healthcare Pvt Ltd.” o‘z saytiga tashrif buyuruvchilarning maxfiyligini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. “Kusum Healthcare Pvt Ltd.” faqat ismlar, manzillar, elektron pochta manzillari va boshqalar kabi shaxsiy ma’lumotlarni agar foydalanuvchi ixtiyoriy ravishda taqdim etgan bo‘lsa, to‘playdi. Ushbu ma’lumotlar faqat “Kusum Healthcare Pvt Ltd.”, sho’ba korxonalari, filiallari yoki Saytning ishlashi bilan aloqador bo‘lgan boshqa obyektlar tomonidan ichki ehtiyojlar uchun foydalaniladi va bu ma’lumotlarni uchinchi shaxsga sotish yoki o‘tkazish mumkin emas. Ushbu ma’lumotni faqat elektron pochta so‘rovini yuborgan foydalanuvchilar qabul qiladi. “Kusum Healthcare Pvt Ltd.” ushbu siyosatni istalgan vaqtda yangilash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

8. JAVOBGARLIKNI CHЕKLASH VA KAFOLATDAN BOSH TORTISH

SAYTGA TASHRIF BUYURADIGAN HAR BIR FOYDALANUVCHI O‘ZINING QO‘RQUV VA XAVFIGA KO‘RA HARAKAT QILADI. NA “KUSUM HEALTHCARE PVT LTD.” VA NA VEB-SAYTNI QAYTA ISHLASH, YARATISH YOKI TAQDIM ETISHGA ALOQADOR BOSHQA TOMON SIZNING SAYTGA KIRISH YOKI FOYDALANISHINGIZ BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN HAR QANDAY TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI, TASODIFIY, BILVOSITA VA BEVOSITA, YOKI JARIMALI SHIKAST/ZARARLAR UCHUN JAVOBGAR EMAS. USHBU SAYTDAGI MATERIALLAR CHEKLOVLARSIZ VA HECH QANDAY KAFOLATLARSIZ, IFODALI YOKI NAZARDA TUTILGAN HOLATDA, JUMLADAN, CHEKLOVSIZ RAVISHDA, TOVARLAR MUVOFIQLIGINING NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARI VA ANIQ MAQSADLARI, NOMI, BUZILMASLIGI, XAVFSIZLIGI VA MUVOFIQLIGI UCHUN MOS RAVISHDA “XUDDI ASLI KABI” TAQDIM ETILGAN.

Na “Kusum Healthcare Pvt Ltd.” va na veb-saytni yoki kimningdir Saytda paydo bo‘lgan materiallari yoki ma’lumotlarini qayta ishlash, yaratish yoki taqdim etishda aloqador boshqa tomon yetkazilgan har qanday zarar yoki shikastlanish uchun, jumladan, cheklovsiz ravishda, ishdagi har qanday nosozlik, xatolik, muvaffaqiyatsiz harakat, uzilish, nuqson, ish jarayoni yoki uzatishdagi kechikish, kompyuter virusi, liniyadagi nosozlik, texnik nosozlik, tipografik xatolik yoki Materiallardan foydalana olmaslik uchun javobgar bo‘lmaydi, hattoki bu «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» yoki uning vakolatli vakili tomonidan beparvolik yoki bunday zararning taxminiy ehtimoli bo‘lgan taqdirda ham. Yuqoridagi cheklovlar yoki istisnolar, jumladan tasodifiy yoki tegishli zararlar uchun javobgarlikni cheklash yoki istisno qilish sizga amaldagi qonunchilik tomonidan ruxsat etilgan darajada taalluqli bo‘lmasligi mumkin.

9. ZARARNI QOPLASH

Siz «Kusum Healthcare Pvt Ltd.»ni, uning xodimlari, direktorlari, aksiyadorlari, mansabdor shaxslari va vakillarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, har qanday materiallardan noto‘g‘ri foydalanishingiz yoki ushbu muddatlar va shartlarning, jumladan cheklovsiz ravishda, mualliflik huquqi yoki tovar markasining buzilishi va noloyiq yoki axloqsiz ravishda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlar va tuhmatlar natijasida kelib chiqadigan barcha yo‘qotishlar, zararlar va xarajatlar, shu jumladan yuridik to‘lovlarni qoplashga rozilik bildirasiz. Sizdan «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» uchun barcha yo‘qotishlarni to‘laligicha qoplash talab etiladi.

10. TЕXNIK NOSOZLIKLAR, TIPOGRAFIK XATOLAR VA O‘ZGARISHLAR

Ushbu saytda texnik nuqsonlar va tipogarfik xatolari bo‘lishi mumkin. «Kusum Healthcare Pvt Ltd.” Saytda taqdim etilgan har qanday ma’lumotni, shuningdek har qanday mahsulot tavsifini istalgan vaqtda va oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirish, tuzatish va/yoki yaxshilash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

11. QO‘LLANILUVCHI HUQUQ NORMASI VA ISHNI KO‘RIB CHIQISH JOYI

Sizning ushbu saytdan foydalanishingiz qonun ko‘rsatmalarini tanlashidan qat’iy nazar, barcha jihatlarda Ukraina qonunlari bilan tartibga solinadi. Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita yoki ushbu Sayt bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nizolar va qonuniy jarayonlar Ukrainaning vakolatli sudlarining mutlaq yurisdiksiyasiga topshirilishiga rozilik bildirasiz.

12. HUQUQLARDAN BOSH TORTISH

Ushbu saytda turli xil dorilar, ularning umumiy xususiyatlari, tarkibi, farmakologik va boshqa xususiyatlari, salomatlik holatlari va davolash haqida ma’lumotlar mavjud. Ushbu ma’lumot tibbiy maslahat, retsept yoki tashxis qo‘yish sifatida ishlatilmasligi kerak. Iltimos, kasallikni davolash bo‘yicha shifokoringiz yoki sog‘liqni saqlash mutaxassisingiz bilan maslahatlashing. “Kusum Healthcare Pvt Ltd.” ushbu Saytda taqdim etilgan materiallarga asoslangan har qanday davolanishlar uchun javobgar emas. Ushbu Internet sayti patent yoki boshqa qonunlar tomonidan ruxsat etilmagan hududlarda sotish uchun hozir ham keyin ham takliflar kiritmaydi.

Ushbu Saytdagi barcha ma’lumotlar va materiallar «xuddi aslidagidek» va hech qanday kafolatsiz, ifodalangan yoki nazarda tutilgan holda taqdim etiladi. Bundan tashqari, ushbu Sayt orqali taqdim etilgan yoki qabul qilingan har qanday g‘oyalar va/yoki ma’lumotlar «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» yoki uning rahbariyati va xodimlarining qarashlarini aks ettirishi kerak emas.

Ushbu Saytda yoki u orqali mavjud bo‘lgan yoki olingan materiallar va/yoki ma’lumotlar to‘liqligi, to‘g‘riligi, aniqligi, ishonchliligi nuqtai nazaridan yoki na «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» yoki uning rahbariyati va xodimlarining boshqa nuqtai nazaridan kafolatlanmaydi yoki tasdiqlanmaydi.

Hech qanday sharoitda, jumladan, ammo cheklovsiz ravishda, beparvolik, na «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» va na uning rahbariyati va xodimlari ushbu saytdan foydalanish va/yoki foydalana olmasliklari yoki Saytdagi ma’lumotlardan foydalanishlari natijasida yuzaga kelgan har qanday maxsus yoki bilvosita nuqson/zararga javobgar emas, garchi «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» va na uning rahbariyati va xodimlari potensial nuqson va zarar yoki yo‘qotishlarni taxmin qilgan bo‘lsa ham.

Har qanday vaziyatda «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» va na uning rahbariyati va xodimlari na biron bir odam va na biron tashkilot oldida mazkur Saytdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita nuqson va zarar yoki yo‘qotishlar uchun javobgar emas. Bu yerda taqdim etilgan ma’lumotlar va paydo bo‘lgan yoki keyinchalik bepul qabul qilingan barcha aloqa vositalari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi har qanday qonun doirasidan tashqarida bo‘ladi. Ushbu Saytdagi har qanday ma’lumot yoki materialning har qanday foydalanuvchisi yoki qabul qiluvchisi ma’lumot yoki materialdan butunlay o‘zining shaxsiy tavakkaliga asosan foydalanishi/ishonishi mumkin.

Ushbu yuridik shartnomada «Kusum Healthcare Pvt Ltd.» faqat tanishib chiqishga asoslangan maqsadlar uchun ma’lumotlarni taklif qiladi. Ushbu ma’lumotlardan tibbiy yoki boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Iltimos, maslahat uchun shifokoringizga murojaat qiling.