Davolanish

Allergiyadan davolanishning qanday usullari mavjud?

Davolanishning ikkita asosiy bir-birini to‘ldiruvchi usuli mavjud:

  • Gullash davridan boshqa paytdagi pollinoz va oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan o‘zaro allergiya bilan kasallangan bemorlar shuningdek, chang va hayvonlar yunglariga nisbatan allergiyaga ega bemorlarga shifokor-allergolog allergiya qo‘zg‘atuvchi maxsus immunoterapiya tavsiya qilishi mumkin. Bu uchun bir necha hafta mobaynida bemor terisiga konsentrlangan allergiya qo‘zg‘atuvchi eritmalar yuboriladi.  Pollinoz bilan kasallanish davrida, gullash boshlanishi bilan tananing ma’lum bir gulchangga nisbatan sezgirligi minimal bo‘lishi uchun oldindan o‘ziga xos immunoterapiya amalga oshiriladi.
  • Istisnosiz, allergiya bilan og’rigan barcha bemorlarga antigistaminlar buyuriladi. Nega ular shunday deb ataladi? Gistaminning qanday aloqasi bor?

Javob allergiyaning rivojlanish mexanizmida topiladi.

Allergiya – bu odatda og‘riqli holatlarni keltirib chiqarmaydigan ba’zi allergiya qo‘zg‘atuvchi moddalarga (masalan, gulchanglarga) nisbatan tananing patologik oshish reaksiyasidir. Immun tizimi ishining buzilishi ham allergiya kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Immun tizimi to‘satdan butunlay zararsiz omilga (masalan, gullaydigan o’simliklarning gulchanglari) xuddi xavf sifatida ta’sir bildirishni boshlaydi. Shu bilan birga, organizmda gulchangga qarshi ko‘p miqdorda antitanalar ishlab chiqariladi. Qachonki antitana bilan allergiya qo‘zg‘ovchi aloqaga kirishganda organizmda biologik faol modda – gistaminning miqdori oshadi. Aynan gistamin burun bitishi, burundan ko‘p miqdorda suyuqlik ajralib chiqishi, aksa urishlar, burun qichishi, ko‘zning qichishi, qizarishi va yoshlanishini keltirib chiqaradi. Antigistamin dori vositalari gistamin ta’sirlarining paydo bo’lishiga qarshi kurashadi. Pollinoz bilan kasallangan bemor antigistaminlarni qabul qilgan paytda pollinoz alomatlari kamayadi. Antigistamin qabul qilishni to‘xtatishi bilanoq pollinoz alomatlari yana namoyon bo’ladi. Darhaqiqat, afsuski, tibbiyot allergiya sababini (allergiyaga olib keladigan immunitet tizimining buzilishi) aniqlay olmasa ham, faqatgina gistamin ta’sirini cheklash orqali bu buzilishning salbiy oqibatlarini kamaytirishi mumkin. Ba’zi odamlar allergiya mexanizmini bilmay turib antigistamin dori-vositalarini qabul qilishni to‘xtatib qo‘yishadi (pollinoz alomatlarining yengillashganini his qilishadi va antigistamin dori-vositalarini qabul qilishni to‘xtatib qo‘yishadi). Bu noto‘g‘ri! Antigistamin dori-vositasini o‘simliklarning butun bir gullash davri mobaynida qabul qilish kerak. Masalan, iyul-sentyabr oylarida ambroziyaga o‘xshash xavfli yovvoyi o‘t gullaydi, shu sabab bu davr mobaynida antigistamin dori-vositasini qabul qilish kerak bo’ladi.

Bolalar va kattalarda allergiyani qanday davolash kerak? Allergiyaga qarshi samarali tabletkalar – antigistamin dori vositalari sifatida ko’rib chiqish.

  Ularning hammasi bir xilmi ? Antigistamin dori vositalarining bir necha avlodi mavjud. Shu bilan birga shuni ham bilish kerakki, 50 yil avvalgi birinchi avlod antigistamin dori-vositalarini qabul qilishda aniq sedativ (bo‘shashtiruvchi) ta’sir namoyon bo’lgan va og‘iz va burun qurishi, siydik ushlanib qolishi, ich qotishi kabi nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. Ular juda qisqa vaqt davomida ta’sir qilgan va shu sababli kuniga 3-4 marotaba qabul qilish kerak bo‘lgan. Bundan tashqari, avvalgi antigistamin dori vositalarini qabul qilish ularga o‘rganib qolishga olib kelgan.   Antigistamin dori vositalarining yangi avlodi avvalgilardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • Yuqori samaradorlik;
  • xavfsizlik;
  • tez ta’sir qilish;
  • minimum nojo’ya ta’sirlar;
  • qabul qilishning qulayligi (kuniga 1 dona tabletka kifoya).

L-Set®  dori vositasi allergiyaga qarshi antigistaminli dori vositalarning yangi avlod vakili hisoblanadi. L-Set® dori vositasining ta’sir ko‘rsatuvchi moddasi bo‘lmish levotsitirizin 2001-yildagi kimyo bo‘yicha Nobel  mukofoti bilan taqdirlangan ilmiy kashfiyot asosida yaratilgan. L-Set®  dori – vositasi tabletka ko‘rinishida ishlab chiqariladi.