L-Cet® dori vositasi haqidaL-Cet® dori-vositasining afzalliklari

L-Cet® dori vositasi haqida

L-Cet® dori vositasining  tafsilotlari

 

Dori – vositasining tarkibi

Tabletkalar: 1 ta tabletka, qobiq bilan o‘ralgan, 5 mg levotsitirizin digidroxlorid

Dori shakli

Tabletka, yashil rangli qobiqqa o‘ralgan.

Farmakoterapevtik guruhi

Tizimli qabul qilish uchun antigistaminli vositalar

Qo’llanishi

Allergik tumov, yil davomidagi allergik tumov va surunkali idiopatik krapivnitsa (eshak yemi) ni simptomatik davolashda

Qollash mumkin bolmagan holatlar

Levositirizin, boshqa piperazin hosilalari va dori vositasining boshqa har qanday komponentlariga kuchli sezuvchanlik paytida

Og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 10 ml / min dan kam).

Qo’llash usuli va dozalari

Tabletka: Dori vositasini kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga kuniga bir marotaba 5 mg dan ovqatlanishdan yoki keyin tavsiya qilinadi. Dori vositasini ozgina suv bilan butunicha yutiladi.

Bolalar uchun

Tabletka: 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga allergiyaga qarshi dori-vositalarini qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qabul qilish

Homiladorlik davrida levotsitirizin qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Ko‘krak sutiga ta’sir qiladi, shuning uchun dori-vositasini qo‘llash zarurati tug’ilsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Saqlash sharoiti va boshqa ma’lumotlar

25 ºС dan yuqori bo‘lmagan haroratda yoriqlikdan himoyalangan va bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlansin.

Qadoq

Tabletka: blisterda 10 donadan tabletka, kartonli o‘ramda 3-10 ta blister.

Berilish tartibi

Retseptsiz.