L-Set dori vositasi haqidaL-Set dori-vositasining afzalliklari

L-Set dori-vositasining afzalliklari

L-Set ning asosiy afzalliklari va foydalari qaysilar?

Birinchidan, pollinoz va krapivnitsa (eshak yemi) belgilarini davolashda tasdiqlangan samarador vosita hisoblanadi. 

Ma’lumki, pollinoz va krapivnitsa (eshak yemi) bemorlarning mehnat qobiliyati va hayot sifatining keskin pasayishi bilan xarakterlanadi. Pollinoz bilan og‘rigan bemor burun oqishi, burun bitishi, burun va ko‘zlarning qichishi va aksa urishdan aziyat chekadi.

Еshak yemi bilan kasallangan bemorni tananing qichishi, qizib ketishi va teri toshmalari qiynaydi.

Ukrainada Otolaringologiya institutida va Ukraina Tibbiyot fanlari akademiyasining Dermatologiya va venerologiya institutida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarga ko‘ra, L-SET pollinoz va krapivnitsa (eshakyemi) alomatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, shuning uchun uni qo‘llash hayot sifatini yaxshilaydi va mehnat qobiliyatini tiklaydi.
 

Ikkinchidan, L-Set ning antiallergik ta’siri juda tez boshlanadi – qabul qilinganidan keyin 12 minut o‘tgach (bemorlarning 50 foizida kuzatilgan).

Uchinchidan, terapevtik dozalarda L-Set sedativ (bo’shashtiruvchi) ta’sirga ega emas, bu faol hayot tarzi bilan shug‘ullanadigan odamlar uchun juda muhimdir.

To‘rtinchidan, Ukrainada o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarga ko‘ra, L-Set yuqori xavfsizlik profili (ko‘rsatgich)ga va minimal nojo‘ya ta’sirga ega.

Bolalar uchun (olti yoshdan boshlab – tabletkalar shaklida) foydalanishga ruxsat beriladi va keksa bemorlar uchun dozani o’zgartirish talab qilinmaydi.

Beshinchidan, L-Set qabul qilish uchun qulay – kuniga atigi 1 tabletka.

Nihoyat, L-Set – hamyonbop narxdagi allergiyani davolash uchun zamonaviy va yuqori sifatli dori-vositasidir.